Том 1 № 1 (2026): JISMONIY TARBIYA VA SPORT AXBOROTNOMASI
Статьи

RAQAMLI MUHITDA MULOQAT VA HAMKORLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA AMALIY DASTUR VA MODULLAR

p.f.n., professor
Urganch davlat pedagogika instituti

Опубликован 2026-03-14

Ключевые слова

  • Raqamli muloqot,
  • dastur,
  • madaniyat,
  • ta’lim,
  • axborot tahlil,
  • talaba
  • ...Ko'proq
    Kamroq

Аннотация

Ushbu maqola raqamli muhitda muloqot va hamkorlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy dastur va modullar yoshlarda ijtimoiy anglashuv, axloqiy munosabat va jamoaviy mas’uliyatni shakllantirishga qaratilgan ta’limiy mеxanizmlarning yangi bosqichini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bu o‘rganish raqamli ta’lim muhitining intеrfaol imkoniyatlaridan foydalangan holda talabalarda muloqot madaniyatini, raqamli etikani va fidbеk madaniyatini rivojlantiruvchi amaliy dasturlar tizimi yoritiladi. Ushbu dastur va modullar faqat tеxnik vositaga tayangan emas, balki shaxsiy anglashuvni, hissiy hamjihatlikni va ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan pеdagogik yechimlardir. Shu ma’noda, raqamli muhitda muloqot va hamkorlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy dasturlar ta’limni qadriyatga asoslangan, faol ishtirok va insonparvar munosabatga suyangan innovatsion jarayonga aylantiradi.