SPORT MUASSASALARIDA ShAXSGA YO‘NALTIRILGAN YONDAShUVNI AMALGA OShIRIShDA YOSh SPORTChINING O‘ZINI O‘ZI ANGLAShI VA YO‘NALIShINI BELGILAShNING NAZARIY ASOSLARI
Опубликован 2026-03-14
Ключевые слова
- Sport muassasasi,
- sportchilar,
- sport faoliyati,
- sportchilar o‘z o‘zini anglash,
- shaxs rivojlanishi
- sportchining o‘z imkoniyatlarini baholashi ...Больше
Аннотация
Mazkur maqolada sport muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish jarayonida yosh sportchining o‘zini o‘zi anglashi va sport faoliyatidagi yo‘nalishini belgilashning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning mazmuni, uning pedagogik va psixologik jihatlari ochib berilib, yosh sportchilarning individual xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari hamda ichki motivatsiyasini hisobga olishning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqotda o‘zini o‘zi anglash tushunchasi shaxs rivojlanishining muhim omili sifatida qaralib, sportchining o‘z imkoniyatlarini baholashi, maqsad qo‘yishi va kasbiy-sport yo‘nalishini ongli ravishda tanlashiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, trener va pedagoglarning yosh sportchilarda mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini baholash va shaxsiy rivojlanishga intilishni shakllantirishdagi roli ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola natijalari sport ta’limi jarayonini takomillashtirishda, yosh sportchilarni har tomonlama rivojlantirish va ularning sport faoliyatida barqaror muvaffaqiyatga erishishida nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.