KURSANTLARNING KASBIY-AMALIY JISMONIY TAYYORGARLIGINING OPTIMAL REJIMLARINI TAJRIBADA ASOSLASh
Опубликован 2025-10-11
Ключевые слова
- kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik,
- kursantlar,
- blok-modul ta’lim,
- optimal rejim,
- yuklamalarni rejalashtirish
- pedagogik tajriba,
- jismoniy sifatlar ...Больше
Аннотация
Ushbu maqola huquqni muhofaza qilish organlari kursantlarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish muammosiga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi kursantlarning kasbiy- amaliy jismoniy tayyorgarligining optimal rejimlarini blok-modul yondashuv asosida tajribada asoslashdan iborat. Ishlab chiqilgan metodika yuklamalarni to‘rtta blokga (chidamlilik, kuch, tezlik va koordinatsiya, maxsus kasbiy-amaliy tayyorgarlik) bo‘lib, ularni ma’lum bir ketma-ketlikda va ustuvor yo‘nalishda rejalashtirishga asoslangan. O‘tkazilgan pedagogik tajriba natijalari taklifetilgan metodikaning samaradorligini ko‘rsatdi: tajriba guruhidagi kursantlarning umumqo‘shin va maxsus to‘siqlar yo‘lakchasini o‘tish ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan statistik jihatdan ishonchli darajada (p<0.01) yaxshilandi. Xulosa qilib aytish mumkinki, ishlab chiqilgan blok-modul tizim kursantlarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini samarali tashkil etishga yordam beradi.