Том 1 № 5 (2025): JISMONIY TARBIYA VA SPORT AXBOROTNOMASI
Статьи

KURSANTLARNING KASBIY-AMALIY JISMONIY TAYYORGARLIGINING OPTIMAL REJIMLARINI TAJRIBADA ASOSLASh

Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Toshkent davlat transport universiteti

Опубликован 2025-10-11

Ключевые слова

  • kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik,
  • kursantlar,
  • blok-modul ta’lim,
  • optimal rejim,
  • yuklamalarni rejalashtirish,
  • pedagogik tajriba,
  • jismoniy sifatlar
  • ...Ko'proq
    Kamroq

Аннотация

Ushbu maqola huquqni muhofaza qilish organlari kursantlarining kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish muammosiga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi kursantlarning kasbiy- amaliy jismoniy tayyorgarligining optimal rejimlarini blok-modul yondashuv asosida tajribada asoslashdan iborat. Ishlab chiqilgan metodika yuklamalarni to‘rtta blokga (chidamlilik, kuch, tezlik va koordinatsiya, maxsus kasbiy-amaliy tayyorgarlik) bo‘lib, ularni ma’lum bir ketma-ketlikda va ustuvor yo‘nalishda rejalashtirishga asoslangan. O‘tkazilgan pedagogik tajriba natijalari taklifetilgan metodikaning samaradorligini ko‘rsatdi: tajriba guruhidagi kursantlarning umumqo‘shin va maxsus to‘siqlar yo‘lakchasini o‘tish ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan statistik jihatdan ishonchli darajada (p<0.01) yaxshilandi. Xulosa qilib aytish mumkinki, ishlab chiqilgan blok-modul tizim kursantlarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini samarali tashkil etishga yordam beradi.