Опубликован 2026-05-04
Ключевые слова
- dzyudo,
- sport mahorati,
- mashg‘ulot metodlari,
- texnik-taktik tayyorgarlik,
- jismoniy tayyorgarlik
- sportchilar tayyorlash,
- innovatsion texnologiyalar ...Ko'proq
Аннотация
Ushbu maqolada dzyudochilarning sport mahoratini rivojlantirishda qo‘llaniladigan zamonaviy mashg‘ulot metodlari tahlil qilinadi. Dzyudo sportida yuqori natijalarga erishish sportchilarning texnik, taktik, jismoniy va psixologik tayyorgarligi darajasiga bevosita bog‘liqdir. Tadqiqot davomida dzyudochilarning sport mahoratini oshirishda innovatsion mashg‘ulot usullari, individual yondashuv, funksional tayyorgarlik hamda texnik-taktik mashqlarni takomillashtirishning ahamiyati o‘rganildi. Shuningdek, zamonaviy sport texnologiyalari, video tahlil va monitoring usullaridan foydalanish orqali mashg‘ulot jarayonining samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari dzyudochilarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda ularning sport natijalarini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi.