Опубликован 2026-05-04
Ключевые слова
- Akademik eshkak eshish sporti,
- texnika,
- concept 2,
- mashg‘ulot,
- qayiq
- eshkak,
- tahlil qilish,
- past shiddatli va yuqori hajmli,
- takomillashtirish ...Ko'proq
Аннотация
Maqolada akademik eshkak eshuvchilarning texnikasini concept 2 ergometrida tahlil qilishning instrumental usullari o‘rganildi. Harakatlarni qayd etishning ikkita asosiy usuli orqali eshkak eshish jarayonining umumiy natijalari va alohida parametrlarini aniqlash imkoniyati ko‘rsatib berildi. Ushbu usullar ergometr sharoitida qo‘llanilib, ularning texnologik ustunliklari va cheklovlari tahlil qilindi hamda eshkak eshish texnikasini takomillashtirishdagi o‘rni asoslab berildi. Tadqiqot doirasida videokamera va shaxsiy kompyuter kabi elektron vositalar, shuningdek VideoPoint, EditStudio va Excel dasturiy ta’minotlari asosida videotahlil usuli ishlab chiqildi. Mazkur usul yordamida eshkak eshuvchining tana nuqtalarining ikki o‘lchamli fazoviy ko‘rsatkichlari hamda tezlik parametrlarini aniqlash imkoniyati yaratildi. Natijada, taklif etilgan yondashuv sportchilarning texnik harakatlarini chuqur tahlil qilish va ularni samarali takomillashtirishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslab berildi.