Том 1 № 2 (2026): DENE TÁRBIYASÍ HÁM SPORT XABARShÍSÍ
Статьи

KURAShDA HUJUM VA HIMOYA HARAKATLARINI MUKAMMALLAShTIRISh

Rahimov Musirmon Berdiyevich
Qarshi davlat universiteti

Опубликован 2026-05-04

Ключевые слова

Аннотация

Mazkur maqolada kurash sportida hujum va himoya harakatlarini mukammallashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy sport kurashida yuqori sport natijalariga erishish sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligi darajasiga bevosita bog‘liq bo‘lib, hujum va himoya harakatlarini to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli mashg‘ulot jarayonida hujum va himoya usullarini takomillashtirish, ularni bajarish texnikasini mukammallashtirish hamda sportchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali mashg‘ulot tizimini yaratish zarur hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulot usullari o‘rganildi. Xususan, maxsus texnik mashqlar, juftlikda bajariladigan mashg‘ulotlar, vaziyatli mashqlar hamda musobaqa sharoitiga yaqinlashtirilgan o‘quv bellashuvlari tahlil qilindi. Maqolada hujum harakatlarini samarali bajarishda tezkorlik, kuch, chaqqonlik va koordinatsiya kabi jismoniy sifatlarning muhim o‘rni alohida ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, himoya harakatlarini mukammallashtirishda sportchilarning tezkor reaksiyasi, muvozanatni saqlash qobiliyati, raqib harakatlarini oldindan sezish hamda ularga tezkor javob qaytarish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligi ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, hujum va himoya harakatlarini mukammallashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlar kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligini sezilarli darajada oshiradi. Bundan tashqari, bunday mashg‘ulotlar sportchilarning bellashuv davomida tez va to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatin Tadqiqot natijalari kurashchilarning tayyorgarlik tizimini takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.